AsosiyDunyo

Ozarbayjonlik erkak mashina qo`yish uchun joy talashib qo`shnisini pichoqlab o`ldirdi

'Ozarbayjonlik erkak mashina qo`yish uchun joy talashib qo`shnisini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Ozarbayjon respublikasi poytaxti Boku shahrida yashovchi erkak mashina qo`yish uchun joy talashib, qo`shnisini pichoqlab o`ldirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Voqea Boku shahrining g`arbiy qismida joylashgan Yasamal tumanida ro`y berdi. Mashina qo`yish uchun joy talashgan ikki erkakning biri janjal tufayli ikkinchisining 9 joyiga pichoq urdi. Kasalxonaga olib borilgan erkakning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

Jinoyat sodir etishda gumonlangan erkak qo`lga olindi va unga nisbatan qotillik aybi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar