Rossiyalik astronom 2018 yilda Erda qanday fazoviy hodisalar yuz berishi haqida so`zladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ural Federal universitetining astronomiya, geodeziya va atrof muhitni monitoring qilish kafedrasi xodimi Pavel Skripnichenko 2018 yilda Erda qanday fazoviy hodisalar yuz berishi haqida ma`lumot berdi.
Uning aytishicha, 31 yanvar kuni Oy tutilishini kuzatishimiz mumkin. Qip-qizarib turgan Oyni Shimoliy Amerika, Evropa va Rossiyaning markaziy qismida yashovchi aholi ko`rishi mumkin. Bu 2018 yildagi ilk Oy tutilishi bo`ladi.
Ikkinchi Oy tutilili 2018 yilning iyul oyida bo`lib o`tishi kutilmoqda. Uni Evropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Amerika aholisi kuzatishi mumkin bo`ladi.
“Yanvar oyining oxirida Erga ikki ulkan asteroid yaqinlashadi. 1993 VD va 2003 CA4 asteroidlari Erdan uzoq masofada o`tadi. Mutaxassislarning fikricha, ular hech qanday xavf tug`dirmaydi”, deb ma`lumot berdi Skripnichenko.
144332 raqamli eng yirik asteroid esa 2018 yilning sentyabr oyida Erdan sakkiz million kilometr yuqoridan uchib o`tadi.






