AsosiyDunyo

Kaliforniyadagi ko`chkilar oqibatida Gollivud yulduzining uyi vayronaga aylandi

'Kaliforniyadagi ko`chkilar oqibatida Gollivud yulduzining uyi vayronaga aylandi'ning rasmi

Kaliforniyada ro`y bergan suv toshqinlari va o`pirishlar oqibatida 17 nafar inson halok bo`ldi, 60 dan ortiq xonadonlar vayronaga aylandi, 450 uyga esa zara etdi. Bu haqda "Oskar" mukofotining sohibi Jeff Brijes "Tvitter"dagi sahifasida ma`lum qildi.

"Bizning uy tabiiy ofat natijasida katta zarar ko`rdi, lekin biz hozir bexatar joydamiz. Buning uchun qutqaruvchilardan juda ham minnatdormiz, ular tinimsiz yordamlarini ayashmayapti. Haloq bo`lgan insonlar uchun qayg`udamiz", - deb yozib qoldirilgan xabarda.

Ma`lumot uchun: Jeff Brijes uyini uch yil oldin 6,8 million dollarga harid qilgan edi. Teleboshlovchi Opra Unfi uning yon qo`shnisi. Dryu Berrimor, Malkolm Makdauell va Patrik Styuatr ham shu joyda istiqomat qilishadi.

    Boshqa yangiliklar