«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi 24 maydan Ispaniyaga Toshkent-Barselona- Toshkent yo`nalishi bo`yicha doimiy reys yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi.
Reyslar har payshanba kuni amalga oshiriladi. Jadval:
HY-259. Toshkentdan uchish — 3:10 da, Barselonaga qo`nish — 8:05 da.
HY-260. Barselonadan uchish — 9:45 da, Toshkentga qo`nish — 19:50.
Barcha punktlardagi vaqtlar mahalliy vaqtda ko`rsatilgan.






