AsosiyShou-biznes

Xonandalarning chet elda konsert berishi tartibga solinadi

'Xonandalarning chet elda konsert berishi tartibga solinadi'ning rasmi

Joriy yilning, 16 yanvar kuni «Turkiston» san`at saroyida Milliy estrada san`atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining 2017 yildagi faoliyati yakunlariga bag`ishlangan yillik anjuman tashkil etildi. Bu haqda «O`zbekkonsert» davlat muassasasi xabar berdi.

Yillik hisobot anjumanida Milliy estrada san`atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi, O`zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis senati a`zosi Iqbol Mirzaaliev, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov, «O`zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odil Abduqaxxorov ishtirok etdi.

Anjumanda belgilangan vazifalardan oqilona foydalanilmayotgani uchun badiiy kengash tartibini 30 foizga o`zgartirishga qaror qilindi. Efirga uzatilayotgan videoklip va qo`shiqlar saviyasini baholash maqsadida xulosa beruvchi Badiiy kengash tuzilishi bo`yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, xonandalarning xorijga chiqishi va u erda konsert dasturini amalga oshirish tartibini tasdiqlash kabi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar