AsosiyShou-biznes

Ma`mur Holmedov kimning mahoratiga tan beradi: Shahzoda Muhammedova, Jamila G`ofurova yo Zarina Nizomiddinova?

'Ma`mur Holmedov kimning mahoratiga tan beradi: Shahzoda Muhammedova, Jamila G`ofurova yo Zarina Nizomiddinova?'ning rasmi

«Mirzo» teatrining aktyori, so`z ustasi Ma`mur Holmedovni suhbatga chorladik.

Bolalikda qilgan qaysi xatongizni haligacha ota-onangiz oldida tan olmagansiz?

— Aniq necha yoshda bo`lganim esimda yo`q, ammo uydagilar qishning g`amini eb, olib kelgan 3-4 qop guruchni, gugurt o`ynab, yoqib yuborganman. Shu kungacha bu voqea sirligicha qolgandi, mana bu intervyudan keyin hamma xabardor bo`ladi (miriqib kuladi).

— Aytaylik, jurnallarning biriga muassis yoki muharrir sifatida taklif qilishyapti. U erda qaysi yo`nalishdagi maqola va intervyularni yoritardingiz?

— Bolalarga taaluqli barcha mavzularga o`zgacha yondashib ko`rardim. To`g`ri, yurtimizda kichkintoylar uchun jurnallar ko`p, ammo menikida, bola tilidan yozilgan qiziqarli maqolalar ko`proq bo`lardi. Biror bir o`yin va boshqotirmalar bilan ham ularni jalb qilish mumkin. Agar haqiqatan shunday taklif bo`lsa, aniq reja ishlab chiqishga kirishaman. G`oyalarim ham yo`q emas.

— Reyting tuzing: Shahzoda Muhammedova, Jamila G`ofurova, Zarina Nizomiddinova...

— Birinchi o`rin Jamila G`ofurovaga, chunki bu aktrisaning mahoratiga o`zim tan berganman. Zarina Nizomiddinova esa ikkinchi, Shahzodaga uchinchi o`rin. Ular mendan xafa bo`lishmaydi, degan umiddaman.

— Mashhurlar nega psixologdan qo`rqadi?

— Bu to`g`ri gap. Haqiqatan, psixologga borishdan hadiksirab turadigan hamkasblarim yo`q emas. Balki ular ichki olamini birov ko`rishini istashmas. Ammo mashhur insonlar uni to`g`ri yo`lga yo`naltirib, xato va kamchiligini aytadigan psixologlarga murojaat etib turishlari kerak, deb o`ylayman. O`zim ham yaqindagina shunday qilmoqchi edim. Negadir, ruhan charchagandek bo`dim. Ammo bu holat ko`p o`tmay o`z o`zidan o`tib ketdi.

— Ijoddagi kamchiligingiz...

— Dangasaligim!

— Oddiy tinglovchi sifatida kimning qo`shig`ini tinglamagan bo`lardingiz?

— O`zbek estradasida bunday xonandalar bor va ular bitta emas...

— Asabni buzmaslik uchun...

-Gollivud filmlarini ko`raman. Agar o`zimining kinolarni ko`rsam, battar asabim buzilib ketishi mumkin.

Aliya SULAYMANOVA

    Boshqa yangiliklar