AsosiyJamiyat

17-yoshli Islom Karimov sinfdoshlari bilan

'17-yoshli Islom Karimov sinfdoshlari bilan'ning rasmi

Islom Karimovning 80-yilligi oldidan


Islom Karimov fondi Birinchi Prezidentning sinfdoshi Ibod G`afurovning xotiralarini berdi.

Islom Karimov nafaqat aqlli, zakovatli, ayni choqda, epchil va abjir ham edi. Mening sport bilan shug`ullanishim, oliy o`quv yurtida jismoniy tarbiya yo`nalishida tahsil olishimda ham uning xizmati katta bo`lgan desam, ayni haqiqatni aytgan bo`laman.
1952 yil may oyi oxirlarida ro`y bergan bir voqea hech yodimdan chiqmaydi. Hovuz bo`yidagi o`rik daraxtining eng yuqori shoxida g`arq pishgan bir donagina meva qolgan edi. Bir necha marta tosh otib uni tushira olmadim. O`shanda Islom bunday dedi: “Daraxtga tosh otish yaxshi ish emas. Kel, undan ko`ra o`sha o`rikni olish uchun daraxtga chiqaylik. Kim birinchi bo`lib chiqsa, meva o`shanga nasib etadi”. Azim bir daraxt edi... Men bir tomondan, Islom ikkinchi tomondan o`rikka tirmashib chiqa boshladik. O`sha kunga qadar o`zimni tengqurlar orasida eng epchil deb bilar edim, lekin Islom mendan chaqqonroq ekan, ko`z ochib yumgunimcha daraxt uchidagi shoxga etib bordi. Bu hayotiy saboq xotiramga muhrlandi...
1955 yil may oyida maktabni tamomladik. O`sha kezlarda Islom bilan sport inson salomatligini mustahkamlashi, sport tufayli odam ham o`zini, ham yurtini dunyoga tanitishi mumkinligi xususida ko`p bora suhbatlashganmiz. Bularning bari jismoniy tarbiya hayotimning ajralmas qismiga aylanishi omili bo`ldi. Oliy o`quv yurtini tamomlab, 10- va 21-maktablarda jismoniy tarbiyadan dars berdim. Mashg`ulotlarda hamisha o`quvchilarga davlatimiz rahbarining sportga muhabbatini ibrat va namuna sifatida ko`rsatganman. Hozir ham u kishining ibratli fazilatlari xususida gapirib charchamayman, bundan esa qalbim faxru iftixorga to`ladi.

    Boshqa yangiliklar