O`zbekiston Respublika tovar homashyo birjasi 2017 yil yakunlarini e`lon qildi. AVTORAQAM tizimi ishga tushgan paytdan boshlab 2017 yilning oxiriga qadar “O`zRTXB” AJ ning onlayn auksioni orqali umumiy qiymati 27,6 mlrd so`mlik 1364 ta “chiroyli” avtoraqamlar jismoniy va yuridik shaxslarga sotildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustidagi 683–sonli qarorini bajarish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalarida sotish bo`yicha yangi savdo platformasi ishga tushirildi. Avtoraqamlarni sotish bo`yicha onlayn auksion birjaning yangi avtoraqam.uzex.uz veb-saytida amalga oshirila boshlangandi.
Auksion orqali ilk “chiroyli” raqam 14 sentyabrda 20 milliondan ortiq summaga sotildi.






