AsosiyDunyo

Ukrainada A gepatiti avj oldi

'Ukrainada A gepatiti avj oldi'ning rasmi

Ukrainaning Nikolaevsk viloyatida A gepatiti virusi epidemiyasi avj oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Yanvar oyining boshidan beri mazkur hududda 47 kishi A gepatiti virusini yuqtirgan bo`lib, ular kasalxonaga yotqzilgan. Bemorlarning 6 nafari bolalardir.

2 nafar bemorning ahvoli og`ir darajada. 2017 yilning 11 oyi mobaynida mamlakatda A gepatiti avj olgan. U asosan oilalarda, bolalar bog`chasida, o`quv muassasalarida, umumiy ovqatlanish shahobchalarida keng tarqalgan. Aksariyat hollarda kasallikning yuqishiga epidemiyaga qarshi talablarga va shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar