Peruning Vinikanota (Urumamba) daryosidan 2018 yilning 2 yanvar kuni halok bo`lgan ispaniyalik sayyoh ayolning jasadi topildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, attraksionga kelgan ayol tarzanka (arqon) ga osilib uchayotganda, u uzilib ketib, halok bo`lgan. Attraksion egasi polisiyaning ortiqcha g`alvasidan qutulish maqsadida ayolning jasadini daryoga tashlab yuborgan. Biroq bunga qaramay, polisiya jinoyatni kim amalga oshirganligini aniqladi.
Ispaniyalik 28 yoshli Netali Salazar yangi yil bayrami kunlarida Peruga sayohatga kelgan edi. U dunyoda eng uzun hisoblangan, sayyohlar orasida mashhur bo`lgan The Flight of the Condor tarzankasidan sakrab, halok bo`lgan.
Hodisa yuzasidan so`roq qilingan attraksion xodimlari bir-biriga zid bo`lgan ko`rsatmalarni berishgan. Ulardan biri Salazar boshi bilan toshga urildi, degan bo`lsa, boshqasi arqonga ikki kishi osilgani uchun uzilib ketdi, deb ma`lumot berdi. Qizga nisbatan qidiruv e`lon qilingandan keyingina attraksion xodimlari o`z ayblarini bo`ynilariga olishdi va jasadni daryoga tashlab yuborishganligini ma`lum qilishdi. Ularga nisbatan tegishli moddalar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.






