1

Ukraina Shveysariya prezidentini Daniya bayrog`i bilan kutib oldi

Dunyo 15.04.2014, 10:32
Ukraina Shveysariya prezidentini Daniya bayrog`i bilan kutib oldi

Kiev Shveysariya prezidenti Didbe Burkxalterni Daniya bayrog`i bilan kutib oldi.

Vesti.ru nashrining yozishicha, Ukraina protokol xizmati Shveysariya bayrog`ini Daniyaniki bilan adashtirib yuborgan.   

Burkxalter Ukrainaga Evropa hamkorligi va xavfsizligi bo`yicha tashkilotning kuzatuv missiyasi rahbari sifatida tashrif buyurgan edi.  Shveysariya prezidenti Yuqori rada tomonidan bosh vazir etib tayinlangan Arseniy Yasenok bilan uchrashdi.  Ammo, qo`l berib ko`rishishdan avval Shveysariya prezidenti Yasenokka qo`yilgan xatoni aytib o`tdi.

Shunga qaramay, Burkxalter ushbu voqea va Ukraina hukumatining diplomatik xatosiga hazil tariqasida o`z munosabatini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1