Amerikaning Michigan shtati aholisi seshanba kuni kechasi osmondagi yorqin chaqnashni videoga olishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
AQSh Milliy meteorologiya xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, mazkur voqeaga meteorit tushishi sabab bo`lgan.
Meteorologiya xizmatining xabar berishicha, osmonda paydo bo`lgan chaqnashga momoqaldiroq va chaqmoqning hech qanday aloqasi yo`q. Ular ayni paytda meteorit tushganligini tasdiqlovchi rasmiy ma`lumotni kutishmoqda.
Voqeaga guvoh bo`lgan odamlar o`zlari videoga olgan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmoqda.






