Ijtimoiy tarmoqlarda qorabuzov (baklan) nomli qushning zaharli ilon bilan bo`lgan olishuvi aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur kadrni avstraliyalik Aleksis Kekliku suratga oldi. “Itim bilan sayr qilib yurganimda tumshug`ida zaharli ilonni tutib turgan qushga ko`zim tushdi. Ilonning jigarrang- olachipor ekanligini ko`rib, o`ta zaharliligini darrov angladim” deydi video muallifi.
Videodan qush tumshug`idan qutilish uchun tipirchilayotgan ilonni, uning qochib ketishiga yo`l qo`ymayotgan qushni ko`rish mumkin. Kadrda qush tap tortmay, ilonni yutib yuborib, dengiz tomon ketganligi o`z aksini topgan.
Bunday jigarrang-olachipor ilonlarni asosan Avstraliyaning g`arbiy qismida uchratish mumkin. Uning zahri inson uchun o`ta xavflidir.






