Avvalroq, Shavkat Mirziyoev raisligida Toshkent shahar hokimligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda bosh vazir Abdulla Aripov O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali Qashqadaryo viloyatiga o`rnatilishini aytgan. Qarshi tumani markaziga o`rnatilayotgan haykalning ochilishi 24 yanvar sanasiga rejalashtirilgan.
«O`zidan avvalgi rahbarning nomini saqlash, obro`sini ko`tarish faqat mard rahbarlarning qo`lidan keladi. Bu — mening emas, xalqimizning fikri. Hamma ham bunga qodir emas», — deydi yig`ilishda so`zga chiqqan Qashqadaryo viloyatining hokimi Zafar Ro`ziev.
«Tadbirni yuqori saviyada o`tkazish kerak. O`zim yubileydan ikki kun oldin borib uni ko`raman», — dedi Shavkat Mirziyoev.






