AsosiyShou-biznes

Ozodbek Nazarbekov yakkaxon konsert dasturi kunlariga 3 kun qo`shdi

Shu kunlarda O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Istiqlol” san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgani barchaga ma`lum.

Avvaliga san`atkorning konsert dasturi kunlari 6 dan 23 aprelgacha deb e`lon qilingan edi. Keyin esa kunlar qisqartirilib, 6-20 aprel kunlari o`tkaziladigan bo`ldi. 

Bugun ma`lum bo`lishicha, Ozodbek Nazarbekov konsertiga bo`lgan talablarni inobatga olgan holda dastur kunlariga yana 3 kun qo`shilgan va konsert endi dastavval e`lon qilinganiday 6-23 aprelgacha davom etadi.  

    Boshqa yangiliklar