Tanlov O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta`minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Insho mavzulari:
1. «Mustaqil O`zbekiston davlati shakllanishida Prezident Islom Karimovning roli».
2. «O`zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatda: Birinchi Prezidentning mintaqaviy va global xavfsizlikni mustahkamlashga qo`shgan hissasi».
3. «Islom Karimovning O`zbekiston xalqi ma`naviy qadriyatlari, milliy g`ururi hamda qadr-qimmati, tarixi va madaniyatini qayta tiklashdagi o`rni».
Mualliflardan tanlangan mavzu mohiyatini to`liq ochib berish hamda fikr-mulohazalarni izchil va xatosiz bayon qilish talab etiladi.
Tanlovga yuborilgan insholar o`z sohasida katta tajribaga ega atoqli tarixchi, siyosatshunos va filolog olimlardan tashkil topgan maxsus komissiya tomonidan o`rganiladi, tahlil etiladi va baholanadi.
Tanlov g`oliblariga quyidagi sovrinlar topshiriladi:
I o`rin. 7 000 000 so`mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki.
II o`rin. 6 000 000 so`mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti.
III o`rin. 5 000 000 so`mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni.
IV-X o`rinlar. Rag`batlantiruvchi sovg`alar – Fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari.
Insholar o`zbek yoki rus tilida yozilishi mumkin. Matn hajmi 2000 so`zdan (5 sahifaga qadar) oshmasligi lozim. Insholar info@fondkarimov.uz elektron manziliga yuborilishi kerak.
Har bir qatnashchidan faqat bitta insho qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari insho bilan birga, shaxsini va O`zbekistondagi oliy o`quv yurtida tahsil olayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport va talaba guvohnomasi) nusxasini yuborishlari zarur.
Tanlov haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali 2018 yil 18 yanvardan insho topshirishning so`nggi sanasiga qadar xabar berib boriladi.
Tanlov 2018 yil 22 yanvardan 22 fevralga qadar davom etadi. G`oliblarni e`lon qilish sanasi – 2018 yil 12 mart.
Tanlov shartlari bilan Islom Karimov nomidagi Fondning rasmiy saytida batafsil tanishishingiz mumkin http://fondkarimov.uz/…/fond-imeni-islama-karimova-obyavly…
18.01.2018 13:26
Islom Karimov nomidagi Fond O`zbekiston oliy o`quv yurtlari talabalari o`rtasida insholar tanlovi o`tkazilishini ma`lum qiladi






