Gruziyada 2016-2017 yillarda inson sog`ligi uchun xavfli bo`lgan 30 ming doza vaksinadan foydalanilganligi katta janjalga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Gruziya sog`liqni saqlash vazirligi esa mazkur vaksinaning inson salomatligiga zarari yo`qligi haqida uqtirmoqda.
Davlat audit bergan ma`lumotlarga ko`ra, jahon sog`liqni saqlash tashkiloti “hayot uchun xavfli bo`lgan” vaksinadan foydalanmaslikni tavsiya etdi. Bu ko`pchilik o`ylagan bolalar vaksinasi emas, balki quturish kasalligiga qarshi emlanadigan vaksinadir. Biroq Gruziya kasalliklarni va jamoat sog`ligini nazorat qiluvchi markaz rahbari Amiran Gamkrelidze mazkur vaksinaning inson salomatligiga hech qanday xavf-xatar tug`dirmasligini ma`lum qildi.






