AsosiySiyosat

Nursulton Nazarboev Aqto`beda yuz bergan halokat munosabati bilan Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi

'Nursulton Nazarboev Aqto`beda yuz bergan halokat munosabati bilan Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev Aqto`be viloyatida ro`y bergan, ko`plab o`zbekistonliklarning o`limiga olib kelgan fojia munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga ta`ziya bildirdi.

«O`rnini to`ldirib bo`lmas yo`qotishni chuqur his etib, Qozog`iston xalqi va shaxsan o`zimning nomimdan halok bo`lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Jabrlanganlar tezroq tuzalib ketishi va oilasining davrasiga qaytishini tilab qolaman», — deyiladi maktubda.

Oldinroq Nursulton Nazarboev topshirig`iga ko`ra fojia sabablarini o`rganish yuzasidan maxsus hukumat komissiyasi tuzilgani edi.

    Boshqa yangiliklar