1

Sooronbay Jeenbekov ta`ziya izhor etdi

Siyosat 18.01.2018, 19:45
Sooronbay Jeenbekov ta`ziya izhor etdi

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozog`istonning Aqto`be viloyatida yuz bergan fojia oqibatida O`zbekiston fuqarolari qurbon bo`lgani munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga ta`ziya izhor etdi.

“Qirg`iziston Respublikasi xalqi va shaxsan o`zim nomimdan Qozog`iston Respublikasining Aqto`be viloyatida yuz bergan fojea oqibatida O`zbekiston fuqarolari qurbon bo`lgani munosabati chuqur hamdardlik bildiraman.

Nobud bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so`zlarini, shuningdek, jabrlanganlarga tezroq sog`ayib ketish tilagini etkazishni so`rayman. O`rnini to`ldirib bo`lmaydigan qayg`uga sherikmiz”, deyiladi telegrammada.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1