1

Navoiy viloyatidan 17 ming fuqaro chet elga ishlash uchun ketgan, 23 ming kishi ishsiz

Jamiyat 18.01.2018, 19:50
Navoiy viloyatidan 17 ming fuqaro chet elga ishlash uchun ketgan, 23 ming kishi ishsiz

Vaqtincha ishsiz aholini jamoat ishlariga keng jalb etish, ularga haq to`lash tizimi joriy etilgani joylarda bandlik masalasiga samarali echim bo`lmoqda. Ushbu tizim dastlab 2017 yilda Karmana tumanida tajriba sifatida yo`lga qo`yilib, joriy yildan viloyat bo`yicha tatbiq etilmoqda. Oxirgi uch oy davomida 3 ming fuqaro mazkur tizim asosida ish bilan ta`minlanib, ular uchun 3 milliard so`mga yaqin mablag` oylik maosh sifatida berilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda Navoiy viloyatidan 17 ming fuqaro chet elga ishlash uchun ketgan, 23 ming kishi ishsiz. Fuqarolarning jamoat ishlariga jalb etilishi ushbu holatni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalar sonini keskin kamaytirishda muhim omil sanaladi.

Bu haqda Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Jamoat ishlari jamg`armasi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida tashkil etilgan seminarda ta`kidlandi.

Tadbir yakunida viloyat shahar va tuman bandlikka ko`maklashish markazlariga “Damas” avtomashinalari kaliti topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1