Ostona shahrida mast holatda Porsche Cayenne avtomobilini boshqarayotgan polisiya xodimi Qozog`iston respublikasi prezidentining poytaxtdagi qarorgohi ustuniga borib urildi, deb xabar qildi “Interfaks” nashri.
“17 yanvar kuni mast holatda Porsche Cayenne avtomobilini boshqargan departament maxsus bataloni inspektori, katta leytenant Imanbekov “Oq o`rda” qarorgohi ustuniga borib urilgan. Avariya chog`ida mashina salonida uning egasi, ma`muriy polisiya maxsus bataloni vzvod komandiri kapitan Jumaahmedov ham bo`lgan”, — deyiladi xabarda.
Mazkur hodisadan so`ng Jumaahmedov voqea joyidan qochib ketgan. Ostona ichki ishlar departamenti ichki xavfsizlik boshqarmasi tomonidan mazkur xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi.






