Shvesiya rasmiylari Rossiya Federasiyasi tomonidan Boltiq hududida tajovuz ehtimoli haqidagi ogohlantirish mazmuniga ega varaqalarni tayyorlamoqda, deb xabar berdi Interfax.ru nashri.
Varaqalar 4,7 million xonadon uchun chiqarilishi ta`kidlanmoqda. Ular Rossiya tomonidan tahdidlar ehtimolining oshib borishi sharoitida fuqarolarni tinchlik davrida inqirozlar va halokatlarga tayyorlanishga da`vat qilish mazmuniga ega.
Varaqalarda mamlakat aholisiga favqulodda vaziyatlar bo`yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, munisipal hokimiyatlarga sovuq urush davrida qurilgan bombapanohgohni jihozlash buyurilgan.






