O`zaro sayyohlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatlardan biri O`zbekistonga vizasiz rejimni joriy etdi.
Filippin tashqi ishlar vazirligi etti mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi, deya xabar beradi Uzreport nashri.
Endi O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Beliz va Xorvatiya fuqarolari 30 kunga Filippinga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.
Vizalarni bekor qilishning asosiy maqsadi o`zaro turizm sohasini rivojlantirish, ushbu mamlakatlardan investisiyalarni jalb qilishdan iborat, deyiladi Filippin TIV xabarida.
Ta`kidlash joizki, Filippinga vizasiz tashrif buyuruvchilar ro`yhatidan Somali olib tashlandi.
Xabarda aytilishicha, Filippinga tashrif buyurish uchun viza talab qilinmaydigan mamlakatlar soni 157 tani tashkil qildi.





