Gollandiyalik Twitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari #westerstorm xeshtegi ostida 18 yanvar kuni Niderlandiyada ro`y bergan kuchli shamol oqibatlari aks etgan video va suratlarni namoyish etishdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mamlakat hukumati xavf-xatarning qizil darajasini e`lon qildi. Videoroliklarda shamolning tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etganligini, kuchli bo`ron uchirib ketayotgan odamlarning svefotor va boshqa narsalarni mahkam tutib, shamoldan qutilishga harakat qilayotganligini, quturgan shamol esa yo`lida uchragan velosiped, moped va engil mashinalarni xasdek uchirib ketayotganligini ko`rish mumkin.
Shu bilan birga Twitter da shamol oqibatida yo`ldan chiqib ag`darilgan avtomobillar, tomi uchib ketgan uylar, dengizda shamol qulatgan yuk konteynerlari aks etgan videolarni ham tomosha qilish mumkin.






