Salvadorning Kuiznauat shahrida bo`lib o`tayotgan go`zallik tanlovida ishtirokchilardan birining bosh kiyimi yonib ketdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
“Hosil malikasi” rolida sahnaga chiqqan ishtirokchilardan birining bosh kiyimi ulkan patlar bilan bezatilgan edi. Yana bir ishtirokchining qo`lidagi mash`ala “Hosil malikasi”ning bosh kiyimi yonib ketishiga sabab bo`ldi.
Go`zallik tanlovi tashkilotchilari zudlik bilan sahnaga chiqib, qizning boshidagi olovni o`chirishga yordam berishdi. Qiz jabrlanmadi.






