AsosiyMadaniyat

Zulfiqor Musoqov 60 yosh qarshi oldi

'Zulfiqor Musoqov 60 yosh qarshi oldi 'ning rasmi

Bugun "O`zbekkino" Milliy agentligi hamda "O`zbekfilm" kinostudiyasining ahil jamoasi O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, "O`zbekfilm" kinostudiyasi rejissyori, o`zbek milliy kinematografiyasining zabardast namoyandalaridan biri Zulfiqor Musoqovni tavalludining 60 yilligi bilan tabriklash uchun jam bo`ldi.

Yig`ilganlar ustozga o`zlarining eng ezgu tilaklarini izhor etdilar.

Zulfiqor Musoqov o`z rejissyorlik faoliyatini 1989 yildan boshlagan. Uning ilk suratga olgan "Soldat qissasi" filmi garchi diplom ishi bo`lishiga qaramay hammaning e`tiborini tortgan. Film 1990 yilda Kievda o`tkazilgan Xalqaro kinofestivalda Gran-Prini qo`lga kiritdi. Bundan tashqari u "Qaldirg`och", "Oyijon", "Osmondagi bolalar-1,2", "Vatan", "Oy ostidagi hovli" kabi badiiy filmlarni va "Ayol zoti" kabi teleserialni yaratgan.

U komediya janriga qiziqqan va izlanuvchan qobiliyat egasidir. U yaratgan «Abdullajon», «Bomba», «Yaratganga shukur», «Kichkina tabib», «Kalish» badiiy filmlari tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, shu bilan birga tanqidchilarning ham e`tiborini tortdi.

Rejissyorlik faoliyatidan tashqari Zulfiqor Musoqov ssenariylar muallifi hamdir. Jumladan «Makler», «Tarri va chapga», «Kambag`al odamlar», «Birinchi bo`sa» kabi bir qator filmlar uchun ssenariylar yozgan.

«Soldat qissasi» filmi 1990 g. yilda Moskvada o`tkazilgan Debyut Xalqaro kinofestivalda Gran-Pri, «Abdullajon» filmi 1991 yilda O`zbekistonda eng yaxshi o`zbek film uchun "Oltin grifon" sovrini va 1994 yilda Tokioda eng yaxshi xorij filmi sovrini bilan, "Kambag`al odamlar" filmi 1992 yilda Shvesariyada eng yaxshi ssenariy sovrini bilan, "Bomba" filmi Germaniyada 1995 yilda o`tkazilgan Xalqaro kinofestivalda maxsus sovrin bilan, "Kichkina tabib" 1996 yilda Artek Xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi ertak" sovrini bilan, "Yaratganga shukur" filmi 1997 yilda Tokioda o`tkazilgan kin festivalda maxsus sovri bilan mukofotlangan "Ayol zoti" videofilmi Toshkent shahrida «Oltin zamin» sovrini bilan "Oyijon" filmi 2000 yilda Rossiya Kinoshok festivalida maxsus sovrin, "Osmondagi bolalar"
Zulfiqor Musoqov filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning "Vatan" filmi 2007 yilda Malayziyada o`tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda "Osiyoning eng yaxshi filmi" nominasiyasiga da`vogarlik qilgan.

2011 yilda rejissyor suratga olgan "Qo`rg`oshin" badiiy filmi Rossiyada bo`lib o`tgan "Kinoshok" Xalqaro kinofestivalida qatnashib "Eng yaxshi ssenariy" nominasiyasi sovrindori bo`lgan.

«O`zbekkino» Milliy agentligi jamoasi Zulfiqor Musoqovning milliy kinematografiya ravnaqiga qo`shayotgan hissasini qadrlaydi va ijodkorga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi, uning muallifligida yana ko`plab betakor ekran asarlarining yaratilishiga ishonadi.
z.musakov5.jpg

z.musakov4.jpg

z.musakov1.jpg

    Boshqa yangiliklar