Ukraina poytaxti Kiev shahridagi poliklinikalarda kolbasa va pishloq sotuvchi savdo nuqtalari paydo bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bu haqda jurnalist Olga Sitnik o`zining Facebook sahifasida ma`lum qilgan. Uning aytishicha, Kiev shahridagi № 3 poliklinikaning birinchi qavatida oziq-ovqat mahsulotlari sotadigan savdo nuqtasi tashkil etilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday savdo nuqtalari shaharning boshqa bolalar poliklinikalarida ham tashkil etilganligini ma`lum qilishgan.






