AsosiyMadaniyat

“Moziydan sado” nomli ko`rgazmada 50 ga yaqin asarlar namoyish etilgan

O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida Alisher Alikulovning “Moziydan sado” nomli ko`rgazmasi ochilishi bo`ldi.

Alisher Alikulov tasviriy san`at olamiga oldingi asrning 90-yillarida kirib keldi. Aynan shu damdanoq uning ijodi mazmuni – tarixiy va batal janri ekani aniqlandi. Yosh rassom faoliyatining muhim rivojiga turtki O`zbekistonning mustaqillikka erishishi bo`ldi; aynan milliy tarix, ruhan boy madaniy an`analar uning ijodida alohida ahamiyatga ega.

K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mahobatli rangtasvir bo`limi bitiruvchisi bo`lgan rassom qisqa vaqt ichida e`tirof etildi. Alisher ko`p figurali kompozisiyalar va borliqni realistik uslubda aks ettirishni afzal ko`radi. Uning dasthatidagi farqli jihatlar bu detallardagi aniqlik, syujetlarga e`tibor, tarixiy hodisalarning ishonchli ifodasidir. U o`z asarlarida nafaqat O`zbekiston, balki butun dunyo tarixini yarata olgan qahramonlari xarakterini yorqin tarzda aks ettira oladi. Shu bilan bir qatorda rassom o`z iste`dodi diqqatini hozirgi davrga ham qaratadi. Bularning dalili – uning bir qator o`z zamondoshlariga bag`ishlangan asarlaridir.

A.Alikulov – ko`plab respublika va Xalqaro ko`rgazmalar qatnashchisi. 1996 yil Amir Temur va Temuriylar davriga bag`ishlangan qator ishlari uchun ijodkor “Shuxrat” medali sovrindori bo`ldi. 2001 yilda O`zbekiston Badiiy Akademiyasining “Oltin medali” sohibi, 2003 yilda esa “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi” unvoniga sazovor bo`ldi.

Rassomning mahorati figuralarning ifodali plastikasida, butun kompozisiyaning koloristik uyg`unligida namoyon bo`ladi. Tomoshabin e`tiborini shartli, yorqin bo`yoqlar palitrasiga ega badiiy talqin ham o`ziga jalb etadi.

Rassom fikricha, san`at – bu ezgulikka yo`naltirilgan fidoiylikdir. Rassom o`z ijodi bilan miniatyura san`ati mohiyatini tushunib etishga va tarixiy hodisalarni xalq an`analari va mumtoz maktab uslublarini saqlab qolgan holda ifoda etishga harakat qiladi.

Alisher Alikulov ijodi – bu mahobatli va amaliy rangtasvirning ulkan va murakkab jarayonlarining yorqin ifodasidir.

Ko`rgazmada rassomning 50 ga yaqin asarlari namoyish etilgan.

Qo`rgazma 2018 yilning 18 fevraliga qadar davom etadi.


    Boshqa yangiliklar