AsosiyDunyo

Saratonni erta aniqlovchi yangi taxshis-test yaratildi

'Saratonni erta aniqlovchi yangi taxshis-test yaratildi'ning rasmi

Saratonni erta aniqlovchi yangi taxshis-test yaratildi Saraton kasalligining eng ko`p tarqalgan 10 turidan 8 tasini erta aniqlab berishga qodir yangi tashxis-test amerikalik va avstraliyalik olimlarning hamkorlikdagi tadqiqotlari mahsulidir, deb xabar bermoqda TASS.

Shifokorlar boshqa usullarda saratonning erta bosqichi aniqlangan mingdan ziyod bemorda yangi tashxis-test - “CancerSEEK”ni sinab ko`rdi. U o`pka va ichak saratonini 60 foizga, oshqozon va oshqozon osti bezi saratonini 70 foizga, jigar va tuxumdonlar rakini esa 95 foizga to`g`ri tasdiqlab bergan. Tadqiqotchilar 800 ta ko`ngillini ham “CancerSEEK” bilan tekshirdi. Yolg`on tashxis ko`rsatkichi bir foizga ham etmagan.

Tajribalar davom etmoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko`ra, bir-ikki yildan so`ng “CancerSEEK”ni davolovchi shifokorlar ham qo`llay boshlaydi. Hozirda yangi tashxis-testning narxi 500 dollar atrofida.

Tadqiqot ishlari Science jurnalida chop etilgan.

    Boshqa yangiliklar