AsosiyDunyo

O`lgan ayol tobutda farzand ko`rdi

'O`lgan ayol tobutda farzand ko`rdi'ning rasmi

Janubiy Afrikaning Mbizan shahrida yashovchi ayol o`lgandan keyin farzand ko`rdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bu haqda dafn byurosi xodimlari ma`lumot bergan. Besh farzandning onasi bo`lgan 33 yoshli Nomveliso Nomasonto Mdoyi (Nomveliso Nomasonto Mdoyi) ning jasadi tobutga joylashtirilgan. Dafn marosimi oldidan dafn qilish byurosi xodimlari tobutning ichida chaqaloq borligini ko`rishgan.

“Men dafn qilish ishlari bilan 20 yildan beri shug`ullanib kelaman. Biroq o`lgandan keyin farzand ko`rgan ayolni ilk marotaba ko`rishim. Bundan dahshatga tushdim”, dedi xodimlardan biri.

Ma`lum bo`lishicha, ayol vafot etganda qornida 9 oylik homilasi bo`lgan. O`lik tug`ilgan chaqaloq onasi bilan bir tobutda dafn etildi. Mutaxassislarning aytishicha, ayol o`lgandan keyin mushaklar qisqarishi natijasida “bola tug`ilgan”.

    Boshqa yangiliklar