“O`zbekiston havo yo`llari” MAK bahor-yoz jadvalida Toshkent-Riga-Nyu-York yo`nalishi bo`yicha reyslarni ko`paytirishni rejalashtirdi.
Yakshanba kunlari amalga oshiriladigan odatdagi reysdan tashqari 8 maydan e`tiboran payshanba kunlari ham parvozlar amalga oshiriladi.
HY101 reysining Toshkentdan uchish vaqti payshanba va yakshanba kunlari 04-40 da amalga oshiriladi, HY102 reysining Nyu-Yorkka qo`nishi soat 12-30 da bo`ladi. Ko`rsatilgan uchish va qo`nish vaqtlari mahalliy soatlarda ko`rsatilgan.





