AsosiySport

Darya Domracheva Italiyada g`olib bo`ldi

'Darya Domracheva Italiyada g`olib bo`ldi'ning rasmi

Darya Domracheva Italiyada g`olib bo`ldi Italiyaning Antxols-Anterselva shahrida biatlon bo`yicha jahon kubogining oltinchi bosqichi yakunlandi.

Mazkur bosqichning so`nggi poygasida erkaklar va ayollar mass-start yo`nalishida kuch sinashdi. Unda fransiyalik Marten Furkad barcha raqiblarini orta qoldirib musobaqa g`olibiga aylangan bo`lsa, norvegiyalik Tarey Byo va Erlenn Byontegor, ikkinchi hamda uchinchi o`rinni egalladi.

Ayollar o`rtasida belaruslik Darya Domracheva to`rt otishda birgina xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa-da, marraga birinchi bo`lib etib keldi. Undan 11.9 soniya ortda qolgan slovakiyalik Anastasiya Kuzmina ikkinchi, finlyandiyalik Kaysa Myakyaryaynen esa uchinchi pog`onadan joy oldi.

Jahon kubogining umumhisobida Kaysa xotin-qizlar o`rtasida 592 ochko bilan, Marten Furkad esa 834 ochko bilan birinchi pog`onada bormoqda.

    Boshqa yangiliklar