AsosiyDunyo

Jeyms Kemeron “Avatar 2”da muxlislarga yangi syurprizlar tayyorladi

'Jeyms Kemeron “Avatar 2”da muxlislarga yangi syurprizlar tayyorladi'ning rasmi

Jeyms Kemeron o`z uslubidan og`ishmagan holda, muxlislarini xursand etib, “Avatar 2” filmida ham yangidan-yangi g`aroyibotlar namoyish etish niyatida, deb yozmoqda Rusjev.net nashri.

«Birinchi filmdan o`zim uchun olgan sabog`im shu bo`ldiki, kartina qanchalik ta`sirli bo`lsa, texnologik chegara qanchalik kengaysa, oddiy insoniy munosabatlar, his-tuyg`ular, samimiylikning qadri ko`tarilib boraverar ekan. Mana shu jihatlar filmning davomidir”, – deydi rejissyor.

«Avatar 2″ tomoshabinlarga 2020 yilning 18 yanvaridan boshlab namoyish etila boshlaydi. Kartina allaqachon suratga olish jarayonida. Bu safar Jeyk Salli (Sem Uortington)ning yonida eski va yangi do`stlari bo`ladi: Keyt Uinslet, Zoi Soldana, Sigurni Uiver, Una Chaplin, Jovanni Ribizi, Stiven Leng, Kliff Kertis i boshqalar.

    Boshqa yangiliklar