AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik 50 nafar tadbirkor Xitoydagi “Canton Fair-2014” ko`rgazmasiga yo`l oldi

International Business Travel va O`zbek-Xitoy savdo uyi kompaniyalarining sa`y-harakatlari bilan o`zbekistonlik tadbirkorlar delegasiyasi butun dunyoga mashhur bo`lgan “Canton Fair-2014” ko`rgazmasiga yuborildi.

Delegasiya tarkibiga O`zbekistonning barcha hududlaridan 50 nafar tadbirkor kirdi, deya xabar beradi Anhor.uz.

Import va eksport mahsulotlari Xitoy yarmarkasi 1957 yildan beri Guanchjou shahrida bir yilda ikki marotaba bahor va kuzda o`tkaziladi. Ko`rgazmaga butun dunyodan tadbirkorlar tashrif buyurishadi. Bugun Canton Fair butun dunyoda eng mashhur ko`rgazmalardan biri hisoblanadi.

O`zbekiston tadbirkorlari o`rtasida sanoat korxonalari, kompyuter va raqamli texnika importi bilan shug`ullanadigan, tikuv va tekstil ishlab chiqaruvchi, qurilish kompaniyalari, farmasevtik va tibbiyot muassasalari alohida qiziqish kasb etadi.

Tashkilotchi kompaniyaning ma`lumotlariga ko`ra, Canton Fair ko`rgazmasida har yili 300 nafar o`zbekistonlik tadbirkor ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar