2017 yilda Tinch okeanidagi suv harorati ikki yil oldin qayd etilgan ko`rsatkichdan oshib ketgan. Bunday xulosaga Xitoy Fanlar Akademiyasi olimlari kelishdi, deb xabar berdi TASS.
XFAning atmosfera fizikasi instituti olib borgan tadqiqotga ko`ra, Tinch okeaninining 2 kilometr qalinlikdagi yuqori suv qatlamida yuzaga kelgan issiqlik manbai Xitoy 2016 yilda ishlatgan elektr energiyasidan 700 marta ko`pdir.
Olimlarning ta`kidlashicha, bunday holat suvosti dunyosi ekotizimiga xavf soladi. Ayniqsa, marjon qoyalari va ularda yashovchi jonzotlarga jiddiy zarar etadi. Suvosti oqimlarini ham yo`nalishidan o`zgartirib yuboradi. Oqibatda Erda harorat muvozanati buzilib, globol isish jadallashib ketishi mumkin.
Afsuski, faqat Tinch okeanida suv harorati oshib bormayapti. Atlantika va Janubiy okeanlarda ahvol bundanda jiddiy.






