AsosiyJamiyat

“Beeline” urush fahriylariga dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo`ng`iroq qilish imkonini berdi

“Beeline” aloqa operatori O`zbekistonning barcha viloyatlarida 25 apreldan 10 mayga qadar Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Polkdoshga qo`ng`iroq” an`anaviy aksiyasini o`tkazadi.

Butun mamlakat bo`ylab fashizm ustidan qozonilgan G`alabaning 69 yilligi munosabati bilan frontoviklar hamda front orti mehnatkashlari uchun bayram tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Unitel‘ning hududiy filiallari ushbu tantanalar doirasida “Polkdoshga qo`ng`iroq” aksiyasini o`tkazish tashabbusi bilan chiqdilar.

25 apreldan 10 mayga qadar Beeline‘ning 20 shahardagi 27ta savdo va xizmat ko`rsatish barcha ofislarida – Toshkent, Farg`ona, Andijon, Namangan, Qo`qon, Guliston, Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoi, Nukus, Urgench, Denau, G`ijduvon, Zarafshon, Shaxrisabz, Angren va Marg`ilon shaharlarida Beeline mobil so`zlashuv punktlari ochiladi, u erdan faxriylar dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo`ng`iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo`ladi. Beeline‘ning hususiy ofislarini qulay aniqlash uchun u erlarda aksiyaning maxsus qiyofalari joylashtiriladi.

“Polkdoshga qo`ng`iroq aksiyasi” – O`zbekistonda Beeline‘ning eng mukarram an`analaridan biri, chunki jasoratini butun mamlakat qadrlaydigan insonlarni xursand qilish uchun moyillik qiladi, – deya ta`kidladi Unitel‘ning hududiy rivojlanish bo`yicha direktori G`ulom Ortiqov. – Bu yil aksiya oltinchi marotaba respublikaning o`nlab yirik shaharlarini qamrab olgan holda yanada keng miqyosda bo`lib o`tadi. Chin dildan ishonamanki, butun dunyo bo`ylab faxriylar va ularning yaqinlarini yana birlashtira olamiz”.

Eslatib o`tamiz, “Polkdoshga qo`ng`iroq” aksiyasi O`zbekistonda 2009 yildan beri muvaffaqiyatli o`tkazib kelinmoqda. Har yilgi aksiyada turli mintaqalardan minglab Ikkinchi Jahon urushining qatnashchilari ishtirok etishadi.

    Boshqa yangiliklar