Forbes jurnali har yil e`lon qiladigan “30 yoshgacha bo`lgan eng e`tiborli kishilar” ro`yxati omadli yosh tadbirkorlar va boshqa kasblarda muvaffaqiyat qozongan iste`dodli yoshlardan tuziladi. Bugungi kunda ta`lim va madaniyat sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Ala Murobit ham ana shu ro`yxatga kiritildi.
Liviyalik ala Murobit BMT oliy komissarlari orasida 45 ga to`lmagan yagona xodimdir. 15 yoshida tibbiyot institutiga kirgan, o`qishni tugatgandan so`ng hamyurtlariga yordam berish maqsadida «Liviya ayollari ovozi» notijoriy tashkilotiga asos solgan edi. 2013 yilda u AQSh Davlat departamentining «Yaqin Sharq va G`arb dialogi» dasturida ishtirok etdi.
«Ajoyib! Bu menga ko`rsatilgan juda katta ishonch», – dedi doktor Murabit.
Hozir ayol butun jahon sog`liqni saqlash siyosatiga, xususan, bu sohada kadrlar malakasi muammosiga o`z e`tiborini qaratgan.
Doktor Murabitning ishlari Maris Bellisario nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlangan, o`zi esa «Bi-bi-si»ning «Eng yaxshi 100 ayol» ro`yxatiga kiritilgan.