Qozog`istonda 18 yanvarda Aqto`be viloyatida sodir bo`lgan fojiadan so`ng mamlakat hududi bo`ylab o`tadigan barcha avtobuslar reyslarini tekshirish yo`lga qo`yildi.
«Avtobus» tezkor-profilaktik tadbirlari Transport qo`mitasining hududiy inspeksiyalari hamda IIV ma`muriy polisiyasi bilan birgalikda o`tkazilmoqda, deb xabar qiladi Kapital.kz.
Yo`lovchi avtobuslari va taksilarning texnik nosozligi, ularning o`rnatilgan xavfsizlik talablariga nomuvofiqligi kuzatilgan hollarda tegishli chora-tadbirlar ko`riladi, deb yozadi nashr.
Bundan tashqari, jamoatchilik vakillari va transport nazorati inspeksiyasi xodimlaridan iborat mobil guruhlar tashkil etilib, avtotransportlarning yashirin yo`nalishlari aniqlanadi. Asosiy e`tibor reysdan oldin haydovchining tibbiy ko`rikdan o`tgani, ish va dam olish vaqti rejimi hamda avtoulovning texnik tekshiruvi nazorat qilinadi.






