«Proart.uz» kompaniyasi, prodyuserlar Ruslan Mirzaev va Javlon Kamolov ijodiy jamoasi Turkiyaning «Apyapim Film» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda «Güneşim benim» («Quyoshim mening») o`tkir syujetli dramatik serialini suratga olishni rejalashtirmoqda...
Muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat kabi boqiy tuyg`ularni, milliy qadriyat va an`analarni o`zida mujassam etgan mazkur serial, Turkiya va O`zbekiston o`rtasidagi kino va seriallar borasidagi ijodiy hamkorlikning boshlanishida muhim qadam bo`lishi kutilmoqda. Serial voqealari yurtimizda va Turkiyaning bir necha tarixiy shaharlarida bo`lib o`tadi.
Serialda taniqli turk va o`zbek aktyor-aktrisalari ishtirok etadi. Aktyorlar kastingi fevral oyidan boshlashlanib, bu bilan «Proart.uz» kompaniyasi shug`ullanadi.
Serial ssenariysini tomoshabinlarga yaxshi tanish «Istanbullik kelin» serialining muallifi Ali Aydin hamda o`zbek ssenaristlari birgalikda yozishi rejalashtirgan.
«Güneşim benim» O`zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta byudjetli va keng qamrovli serial bo`lsa ajabmas.