Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universitetini zamonaviylashtirish va qayta ta`mirlash borasida bir qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar doirasida oliygoh hududida O`zbek filologiyasi va Jurnalistika fakultetlari uchun 850 o`ringa ega, umumiy qiymati 4,9 milliard so`mlik (2,2 million AQSh dollari) bo`lgan yangi bino qurilishi amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi Uz24 nashri.
Fakultet o`qituvchisi, dosent Sherzod Qudratxo`jaev o`zining Feysbuk sahifasida xabar berishicha, yangi 6 qavatli bino hududida bog`, avtomobil saqlash maydoniga ega bo`ladi.
Shuningdek binoda televideniya va radio o`quv studiyalari, internet saytlar tahririyati, fotostudiya va katta yig`ilishlarga mo`ljallangan auditoriyalar tashkil qilinadi.
16 aprel kuni qurilish joyiga Milliy teleradiokompaniya raisi o`rinbosari Farxod Ro`ziev va yangi media-markaz rahbari Shuhrat Rasulovlar tashrif buyurib, quruvchilarga tele-va radio-studiyalar uchun qurilmalarni joylashtirish borasida o`z maslahatlarini berdilar.





