AsosiyDunyo

Alyaskada ham zilzila. Sunami xavfi e`lon qilindi

'Alyaskada ham zilzila. Sunami xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

Alyaska shtati qirg`oqlarida 8,2 magnitudali er silkinishi qayd etildi, deb yozmoqda TASS AQSh geologiya xizmati axborotiga tayanib.

Dastlab zilzila kuchi 8,0 ballni ko`rsatgan bo`lsa, keyinroq bu ko`rsatkich 8,2 ga chiqqan. Er silkinishi markazi Kadyak shahridan 278 kilometr janubiy-sharqda Alyaska ko`rfazida bo`lgan. Sunami xavfi ham e`lon qilindi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 6.26 da O`zbekistonning sharqida zilzila qayd etildi. Er silkinishi markazi Sariog`och shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda bo`lib, 4,6 ballni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar