O`zbekiston 2014 yilning birinchi choragida xalqaro moliya institutlarining mablag`larini jalb qilish bo`yicha uchta kelishuv imzoladi.
O`zbekiston moliya vazirligining ma`lumotlariga asoslangan holda UzDaily nashrining xabar berishicha, ushbu kelishuvlar doirasida O`zbekiston 151 million AQSh dollar miqdorida investisiya jalb qilgan.
Xususan, O`zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) “Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi bo`yicha 69 million dollarga teng kelishuv imzoladi.
Shuningdek, OTB bilan “Farg`ona va Marg`ilon shaharlarida kanalizasiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo`yicha shartnoma imzolagan bo`lib, uning doirasida OTB O`zbekistonga 42 million dollar taqdim etgan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 40 million dollarga teng qo`shimcha mablag`larini jalb qilgan. Loyiha doirasida bog`dorchilik, sabzavotchilik va uzumchilik sohalarida old texnologiyalarni joriy etish ko`zda tutilgan.





