AsosiyDunyo

Qirg`iziston prezidenti muhojirga aylanmaslik uchun sigir sotib olishni maslahat berdi

'Qirg`iziston prezidenti muhojirga aylanmaslik uchun sigir sotib olishni maslahat berdi'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti gubernatorligi davrida "migrasiyani to`xtata olmagani" haqida ma`lum qildi va hukumat organlariga regionlarni rivojlantirishda yordam berajagini aytdi, deb xabar berdi Sputnik uz nashri.

Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov migrasiyani qay tarzda to`xtatish haqida gapirdi. U bu borada fikrlarini davlat ma`muriyati va mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari to`g`risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha tuzilgan ishchi guruhining birinchi yig`ilishida bildirib o`tdi.


Ishchi guruh 2018-yil regionlarni rivojlantirish yili deb e`lon qilinishi munosabati bilan tarkib topgan.

Prezident gubernatorligi davrida "migrasiyani to`xtata olmagani" haqida ma`lum qildi va hukumat organlariga regionlarni rivojlantirishda yordam berajagini aytdi. Jeenbekov u Bosh vazir lavozimini egallaganida, sut ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri Talos va O`sh viloyatlarida o`z filiallarini ochganini, buni natijasida sutning tan narxi besh somga oshganini eslatib o`tdi.

"Uch-to`rt bosh sigir bo`lsa, oila ta`minoti yaxshilanadi, bundan tashqari seleksiyaga e`tibor berish kerak. To`rt bosh sigiri borlar bir sutkada 60 litr sut olish imkoniga ega bo`ladi, uni 20 somdan sotib, kuniga 1200 som, oyiga 36 ming som daromad qilish mumkin. Bu esa migrant daromadi bilan teng, shu tariqa migrasiyaga barham bersa bo`ladi", — dedi Qirg`iziston davlat rahbari.

Turli ma`lumotlarga ko`ra, Qirg`izistonning 1 milliongacha fuqarolari mehnat qilishadi. Shulardan 80%i Rossiyada ishlashadi.





    Boshqa yangiliklar