23 yanvar kuni U-23 Osiyo chempionatining yarim final bahsida O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari 4:1 hisobida yirik g`alabaga erishib, Osiyo chempionati finaliga yo`l olishdi.
Gollarga 33-daqiqada Zabihillo O`rinboev, 100-daqiqada Azizjon G`aniev, 110-daqiqada Jasur Yaxshiboev, 120-daqiqada Akrom Komilovlar mualliflik qildi.
Final uchrashuvida O`zbekiston terma jamoasi Vetnamga qarshi to`p suradi. Mazkur o`yin 27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.






