AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida farmon imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida 18 aprel kuni farmon imzoladi.

Mazkur hujjat 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G`alabaning 69 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko`ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 600 000 (olti yuz  ming) so`m  miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Farmonda ta`kidlanishicha, mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar