AsosiyShou-biznes

“Borsam onam qarib qolibdi”

'“Borsam onam qarib qolibdi”'ning rasmi

Dardli xonishlari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan G`ayrat Usmonov kliplar borasida ham anchayin injiq...

U ayni kunlarda “Onam” nomli dardli qo`shig`iga klip suratga olmoqda.

G`ayrat Usmonov: — Men ham bir farzandman, onam esa olisda. Barcha ishlarimni chetga surib, onamning tizzasiga boshim qo`yolmayman. Buni chin dildan istasam ham imkon yo`q. Odina Tojiboeva ismli shoira singlimiz “Onam” nomli she`rini qo`limga tutganda, shu haqida ko`p o`yladim. Onam jannatim, davlatim, baxtim der ekanmiz-u, biz ulg`ayib, ular keksayganda, o`z tashvishlarimiz bilan andarmon bo`larkanmiz. Qo`shiqning musiqasini bastalab uni ijro etdim. Bunday qo`shiqni yaratish xonandalik emas, avvalo farzandlik burchim, deb bildim. Qo`shiq ko`pchilikka ma`qul bo`ldi va unga klip ham suravtga olishga qaror qildim. U tomoshabinlarga manzur bo`ladi degan umiddaman.

Klip yosh rejissyorlar Bobur Ahmadaliev va mahoratli kinooperator Lochinbek Ohunovlar bilan hamkorlikda suratga olindi. Uch kun davom etgan suratga olish ishlarida 100 ga yaqin ijodkorlar ishtirok etishgan. Bosh rollarda mahoratli aktrisa Odina G`ozieva va Yoqub Ahmedovlarni ko`rish mumkin.


Klip fevral oyining o`rtalarida muxlislar hukmiga havola etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar