AsosiyDunyo

Amerikalik yozuvchi Ursula Le Guin vafot etdi

'Amerikalik yozuvchi Ursula Le Guin vafot etdi'ning rasmi

Amerikalik yozuvchi Ursula Le Guin 88 yoshda Portlenddagi uyida vafot etdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bu haqda The New York Times gazetasiga uning o`g`li Teo ma`lumot berdi.

So`nggi paytlarda ayol qattiq kasal bo`lgan. Ursula Le Guin fantastika janrida ijod qilgan. 1969 yilda uning “Zulmatning chap qo`li” romani mashhur bo`lib, mazkur asar asosida bir nechta film suratga olingan edi.

Le Guin fantastikadan tashqari tarjimonlik qilgan, bolalar uchun asarlar yozgan hamda poeziya janrida ijod qilgan.

    Boshqa yangiliklar