Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O`zbekiston OTJ Osiyo chempionati finaliga yo`l olgani munosabati bilan O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovga tabriknoma yubordi.
“Hurmatli Umid Ahmadjonov! Men mamnuniyat bilan Sizni va Siz orqali butun o`zbek futboli jamoatchiligini Xitoyda bo`lib o`tayotgan U-23 Osiyo chempionati finali yo`llanmasi bilan tabriklayman. O`zbekiston Olimpiya terma jamoasining barcha a`zolariga ham mening tabrigimni etkazib qo`ying. 27 yanvar kuni bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati finalida omad yor bo`lishini tilayman", - deb yozilgan tabriknomada.






