O`zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan so`ng terma jamoamiz ustozi Ravshan Haydarov o`z fikrlarini bildirdi, deb yozadi Sports.uz.
"Futbolchilarim bu chempionatdagi eng yaxshi natijani qayd etishdi. Futbolchilarimiz barcha ko`rsatmalarni to`liq bajarishdi. Bugun hamma yaxshi harakat qildi. Biz charchagan bo`lsakda, taktik va jismoniy jihatdan kuchli edik.
Men Janubiy Koreya kuchli jamoa ekanligini shogirdlarimga o`yin oldidan aytdim. Bellashuv qo`shimcha taymlarga ulandi. Bu juda qiyin bo`lsada, jamoam harakter hamda o`zlarining individual mahoratlarini ko`rsatishdi. O`ylaymanki, biz haqli g`alabaga erishdik", - deydi Haydarov.






