AsosiyDunyo

Amerikalik erkak polisiyachining itini tishlab oldi

'Amerikalik erkak polisiyachining itini tishlab oldi'ning rasmi

Amerikada polisiyachining itini tishlab olgan erkak qamoqqa olindi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

AQShning Nyu-Gempshir shtatidagi xonadonlardan biridan polisiyaga qo`ng`iroq bo`lib, qotillik haqida xabar berilgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar ilgari qidiruvda bo`lgan jinoyatchilarni ko`rishgan.

“Erkaklarning har ikkalasi polisiyachilarga tish-tirnog`i bilan qarshilik qildi. Ulardan biri polisiyachilarning itini tishlab oldi, erkakka javoban it ham uni tishladi. Natijada erkakni elektroshok yordamida zarartirlantirishga majbur bo`ldik. Tishlash borasida it bilan raqobatlashmaslikni maslahat bergan bo`lardim”, dedi polisiya ofiseri Jeyson Killari.

Hozircha jinoyatchi erkakning ismi-sharifi oshkor etilmadi, unga nisbatan polisiyachilarga qarshilik ko`rsatish va itga hujum qilish aybi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Polisiya iti jabrlanmadi, hozirda u o`z xizmat vazifalarini ado etmoqda.

    Boshqa yangiliklar